Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Dunyoning 2,5 ming tili yo‘qolib ketish xavfi ostida

Dunyoning 2,5 ming tili yo‘qolib ketish xavfi ostida

Dunyoning 2,5 mingga yaqin tillari xavf ostida. Bu haqda Anadolu agentligiga Turkiya Milliy komissiyasi (UTMK)ning YUNESKOdagi kengashi raisi, professor Ojal O‘g‘uz ma’lum qildi. 

“Dunyoda 7 mingga yaqin faol til mavjud. Ular orasida 2500 ga yaqin til xavf ostida, chunki ular juda kam sonli odamlar tomonidan qo‘llaniladi», - dedi O‘g‘uz. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, statistika va mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, har 15 kunda dunyoda ushbu tillardan biri yo‘q bo‘lib ketadi. 

«So‘nggi o‘n yilliklarda dunyodagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli tillarning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ortdi», deyiladi manbada. 

Hozirda 200 tilda gaplashadigan odamlarni topish qiyin, 1950 yildan buyon esa 250 dan ortiq tillar g‘oyib bo‘lgan .

Kiritildi: 21:16 23.02.2021. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!