Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dunyodagi maktab o‘quvchilarining uchdan bir qismi onlayn ta’lim tizimiga o‘ta olmadi

Dunyodagi maktab o‘quvchilarining uchdan bir qismi onlayn ta’lim tizimiga o‘ta olmadi

YUNISEFning yangi hisobotiga ko‘ra, pandemiya tufayli maktablarning yopilishi 1,5 mld. nafar bolalarning hayotiga ta’sir ko‘rsatdi. Ularning ko‘p qismi masofaviy ta’lim tizimiga o‘tishdi, ammo 463 mln.ga yaqin bolalar uyda bilim ololmaydilar, chunki ularning uyida kompyuter yoki internet mavjud emas, shuningdek, ular qurilmalar «raqobat»iga ham duch kelishadi, masalan, ko‘p farzandli oilalarda. Bundan tashqari, ko‘plab maktablar onlayn ta’lim tizimini tashkil qila olmadi.

"Ta’lim sohasida global favqulodda holat mavjud: ko‘plab bolalar ketma-ket bir necha oy davomida ta’lim olmadi. Buning oqibatlari, jumladan iqtisodiy oqibatlar jamiyatlarda bir necha o‘n yillar davomida sezilishi mumkin" - deydi YUNISEF ijrochi direktori Genriyetta For.
 
YUNISEF kelajakda shunga o‘xshash inqirozlarga qarshi turishga tayyor bo‘lishlari uchun ta’lim tizimining asoslarini aniqlab olishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 20:31 28.08.2020. O'qildi: 1846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!