Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dunyodagi eng yirik suveren fond hisoblanuvchi Norvegiya pensiya jamg‘armasi Isroilga aloqador aktivlarini sotishni boshladi — Reuters

Dunyodagi eng yirik suveren fond hisoblanuvchi Norvegiya pensiya jamg‘armasi Isroilga aloqador aktivlarini sotishni boshladi — Reuters

"Norvegiya pensiya jamg‘armasi mamlakat moliya vazirligining aksiyalar indeksiga kirmaydigan Isroilning 11 ta kompaniyasidagi investisiyalardan voz kechishga qaror qildi. Bu investisiyalar “iloji boricha tezroq” sotilishi belgilangan", deya xabar bermoqda agentlik.

Bundan tashqari, jamg‘arma G‘azo sektori bilan bog‘liq vaziyat sababli Isroildagi barcha tashqi boshqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qiladi.

"Bu choralar favqulodda holatlarga javoban ko‘rilmoqda. G‘azodagi vaziyat jiddiy gumanitar inqirozdir. Biz urush holatidagi mamlakatda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga sarmoya kiritmoqchi emasmiz, G‘arbiy cohil va G‘azo sektoridagi vaziyat esa so‘nggi vaqtlarda yomonlashdi", — deya izoh berdi jamg‘arma rahbari Nikolay Tangen.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamg‘arma 61 ta Isroil kompaniyasiga sarmoya kiritgan bo‘lib, portfelde qolgan isroillik kompaniyalarga yangi investisiyalar kiritilmasligi belgilangan.

Norvegiya 2024 yil may oyida Falastin mustaqil davlat sifatida tan olgan edi.

Ma’lumot uchun, Norvegiya pensiya jamg‘armasi dunyodagi eng yirik suveren fond hisoblanib, uning aktivlari qiymati 1,7 trillion dollardan oshadi.

Kiritildi: 17:50 12.08.2025. O'qildi: 719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!