Dunyodagi eng uzun soqol egasi sifatida tan olingan Kanadaning Sarri shahrida yashovchi fuqaro ikkinchi marta o‘z rekordini yangiladi va soqolini 2,54 metrga o‘stirdi. Bu haqda Ginnes rekordlar kitobi saytida e’lon qilingan.
Sarvan Singx 17 yoshidan beri soqolini o‘stiradi. 2008 yili u soqolining uzunligini o‘lchaganida 2,33 metrni tashkil etgan va erkak dunyodagi eng uzun soqol egasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
2010 yili Sarvan yana soqolini o‘lchadi va 2,495 metr bilan yangi rekord o‘rnatdi. Hozir soqolining uzunligi 2,54 metrni tashkil qiladi. Sarvan hech qachon soqolini kesmagan va har kuni unga ehtiyotkorlik bilan parvarish qiladi: yuvadi, quritadi, moy surtadi va keyin taraydi.
Odatda kun davomida u soqolini bog‘lab qo‘yadi, lekin maxsus tadbirlarda va diniy marosimlarda uni bo‘shatadi. Sarvon soqolini Xudoning sovg‘asi deb biladi va o‘zining rekordi bilan faxrlanadi.