Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi 10 ta davlat

Dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi 10 ta davlat

Jahon bankining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, global umr ko‘rish davomiyligi ikki yillik pasayishdan so‘ng 2022 yilda tiklandi, ammo 2019 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga hali erishmadi.

Dunyo bo‘ylab o‘rtacha umr ko‘rish 2021 yildagi 71,3 yoshdan 2022 yilda 72 yoshgacha oshdi, lekin 2019 yilda qayd etilgan 73 yoshlik rekord darajadan pastligicha qolmoqda.

Uzoq umr ko‘rish reytingida Osiyo va Yevropaning boy mamlakatlari yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Umr ko‘rish davomiyligi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini ko‘rib chiqing.

10. Singapur — 82,8 yil
09. Italiya — 82,9 yil
08. Lyuksemburg — 83,04 yil
07. Irlandiya — 83,05 yil
06. Ispaniya — 83,08 yil
05. Shvesiya — 83,1 yil
04. Avstraliya — 83,2 yil
03. Shveytsariya — 83,4 yil
02. Yaponiya — 83,9 yil
01. Lixtenshteyn — 84,3 yil

Kiritildi: 23:17 15.02.2025. O'qildi: 6105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!