Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Dunyodagi eng qimmat brendlar nomi ma’lum qilindi

A A A
Dunyodagi eng qimmat brendlar nomi ma’lum qilindi

Reytingda dunyoning top-20 brendlari sanab o‘tildi. So‘nggi bir necha yil davomida moliyaviy bozorlarda sezilarni darajada o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, dunyo brendlari barqaror o‘sib borishda davom etdi.

Dunyo bo‘yicha 2022 yilda Best Global Brands’ning o‘rtacha brend qiymati 3 trillion dollardan oshdi.

Bu haqda Interbrand sayti habar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil brendlar qiymatining eng tez o‘sishi kuzatildi. Bu o‘z navbatida kompaniya brendining iqtisodiy muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatdi. So‘nggi bir necha yil ichida moliyaviy bozorlarda sezilarli tebranishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, dunyodagi eng kuchli brendlarning qiymati barqaror ravishda o‘sib bordi.

Apple dunyo bo‘yicha (top-20) reytingida yetakchilik qilmoqda.

1. Apple — 482,2 milliard dollar;
2. Microsoft — 278,3 milliard dollar;
3. Amazon — 274,8 milliard dollar;
4. Google — 251,75 milliard dollar;
5. Samsung — 87,7 milliard dollar;
6. Toyota — 59,76 milliard dollar;
7. Coca-Cola — 57,5 milliard dollar;
8. Mercedes-Benz — 56,1 milliard dollar;
9. Disney — 50,3 milliard dollar;
10. Nike — 50,29 milliard dollar;
11. McDonald’s — 48,6 milliard dollar;
12. Tesla — 48 milliard dollar;
13. BMW — 46,3 milliard dollar;
14. Louis Vuitton — 44,5 milliard dollar;
15. Cisco — 41,3 milliard dollar;
16. Instagram — 36,5 milliard dollar;
17. Facebook — 34,5 milliard dollar;
18. IBM — 34,2 milliard dollar;
19. Intel — 32,9 milliard dollar;
20. SAP — 31,5milliard dollar.

Shuningdek, eng yaxshi o‘nta brendda eksponensial o‘sishni va "super liga" paydo bo‘lishini ko‘rish mumkin. Ajoyib tajriba va kuchli yaxlitlikka asoslangan ushbu kompaniyalar mijozlar hayotidagi ulushini, brend qiymati va bozor kapitallashuvini oshirib, bir necha yo‘nalishda harakat qilmoqda.

Kiritildi: 12:27 06.11.2022. O'qildi: 8582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!