Dunyodagi eng mashhur tiktokchi Xabi Leym vizaviy tartibni buzgani uchun AQShdan chiqarib yuborildi. AQSh immigrasiya nazorati xizmatining ma’lum qilishicha, Italiya fuqarosi bo‘lgan Xabi Leym aprel oyidan beri mamlakat hududida vizada belgilangan muddatdan ortiq qolgan.
Yuz millionlab obunachilari bor TikTok yulduzi Xabi Leym — ma’nosiz «layfxak»larni hazilomuz, sukutli videolari bilan masxara qilib mashhur bo‘lgan. Biroq ma’lum bo‘lishicha, vizaviy qoidalarga rioya qilish unga roliklardagi maishiy muammolarni hal qilishdek oson bo‘lmagan.