Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Dunyodagi eng go‘zal mehmonxona aniqlandi — birinchi o‘rin Irlandiyadagi qal’aga nasib etdi

Dunyodagi eng go‘zal mehmonxona aniqlandi — birinchi o‘rin Irlandiyadagi qal’aga nasib etdi

Irlandiyadagi sakkiz asrdan ortiq tarixga ega Ashford qal’asi Time Out jurnali tuzgan dunyodagi eng go‘zal mehmonxonalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Reyting jurnal mutaxassislarining mehmonxonalarga tashriflari asosida tuzilgan.

Ro‘yxatdan jami 33 ta mehmonxona o‘rin olgan bo‘lib, ularning 11 tasi Yevropada joylashgan. Ashford qal’asi esa nafaqat umumiy reytingda birinchi o‘rinni, balki dunyodagi eng yaxshi meros mehmonxonasi maqomini ham olgan.

Ashford qal’asi bir vaqtlar Ginneslar oilasiga tegishli bo‘lgan. Hozir esa u besh yulduzli mehmonxona sifatida faoliyat yuritadi. Mehmonlar uchun 83 ta xona va lyuks mavjud bo‘lib, ularning ayrimlaridan Lox-Korrib ko‘li manzarasi ko‘rinadi. Majmuada bronza konstruksiyali issiqxonaga ega spa-markaz ham bor.

Evropa mehmonxonalari orasida Florensiyadagi Four Seasons Hotel Firenze ham yuqori o‘rinni egallagan. XV asrga oid Palazzo della Gherardesca va XVI asrda qurilgan Palazzo del Nero saroylari hududida joylashgan mazkur mehmonxona 121 ta xona va lyuksdan iborat. U reytingda uchinchi o‘rinni olgan.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Tenerifedagi Ritz-Carlton Abama, Islandiyadagi ION Adventure Hotel va Maltaning Valletta shahridagi The Phoenicia Hotel ham joy olgan.

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Londondagi 1 Hotel Mayfair — 12-o‘rin, Parijdagi Le Pavillon de La Reine — 13-o‘rin, Shotlandiyadagi Gleneagles — 14-o‘rin, Palermodagi Villa Igiea — 20-o‘rin, Amsterdamdagi Mandarin Oriental Conservatorium — 22-o‘rin va Portodagi Hospes Infante Sagres — 23-o‘rinni egallagan.

Kiritildi: 18:17 03.09.2026. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!