Bugun 11 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ishga tushdi

Dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ishga tushdi

Hindistonning Kashmir vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi rasmiy ravishda ochildi. Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘zining X (Twitter) sahifasida e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur loyiha nafaqat muhandislik yutug‘i, balki mintaqaviy aloqalarni kuchaytiruvchi muhim infratuzilma hisoblanadi.

Chenob daryosi ustidan qurilgan ko‘prik dengiz sathidan 359 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uzunligi 1,3 kilometrdan ortadi. Qurilish 2003 yilda boshlangan va unga 160 million dollar sarflangan. Ko‘prik -10 darajadan +40 darajagacha bo‘lgan haroratga chidamli maxsus po‘lat materiallar yordamida barpo etilgan. 6 iyun kuni ko‘prikdan ilk bor ikkita yo‘lovchi poyezdi o‘tdi.

Mazkur inshoot 272 kilometrlik Udxampur—Srinagar—Baramulla (USBRL) temiryo‘l liniyasining bir qismi hisoblanib, Jammu va Kashmirning chekka hududlarini Hindistonning markaziy qismi bilan bog‘laydi.

Ko‘prikning ochilishi bilan mintaqada savdo, turizm va iqtisodiy faollikni oshirish kutilmoqda.

Kiritildi: 23:28 08.06.2025. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!