Amirliklarning The National nashri xabar berishicha, Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona — Ciel Dubai Marina ochildi, deb yozadi Belta agentligi.
Mehmonxona balandligi 377 metrni tashkil etadi, bu Dubaydagi boshqa mehmonxona - Gevora Hoteldan 21 metr balandroq. The National nashrining xabar berishicha, dunyodagi eng baland o‘nta mehmonxonadan sakkiztasi Dubayda joylashgan, jumladan, mashhur yelkan shaklidagi Burj al-Arab, uning shpili bilan balandligi 321 metr deb baholanmoqda.
Oktyabr oyida The World's 50 Best Hotels hakamlar hay’ati 2025 yil uchun dunyodagi eng yaxshi 50 ta mehmonxonani aniqladi. Gonkongdagi Rosewood mehmonxonasi guruhda yetakchi deb topildi.