Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dunyodagi eng achchiq burgerlar sotuvga qo‘yildi

Dunyodagi eng achchiq burgerlar sotuvga qo‘yildi

Buyuk Britaniyadagi Iceland Foods supermarketlar tarmog‘i dunyodagi eng achchiq burgerlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Mirror xabar tarqatdi.

Sotuvchilar tarkibida ko‘p miqdorda achchiq chili qalampiri bo‘lgan Scary Spicy Carolina Reaper muzlatilgan mahsulotni taklif qilishyapti. Qiziqish yuqori. Bunday burgerlarning narxi 2,5 funt sterlingdan boshlanadi. Shuningdek, burgerni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar ham bor. Tayyorlovchilar burgerni skovorodka, gaz pechi yoki grillda isitishni maslahat berishadi.

Iste’molchilar allaqachon o‘z fikrlarini bildira boshladilar. "Agar sizga achchiq taomlar yoqsa, bu burgerlar juda ajoyib", — deb yozdi iste’molchilardan biri.

«Chindan ham ajoyib burgerlar, a’lo ta’m. Ammo ertasi kuni tobingiz qochadi. Sherigim achchiq taomlarni yoqtiradi, ammo bu burgerlarda ziravorlar haddan tashqari ko‘p", — deb o‘z fikrini bildirdi boshqa iste’molchi.

Kiritildi: 19:36 22.05.2020. O'qildi: 1720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!