Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Dunyoda shakar narxi eng yuqori darajaga chiqdi

A A A
Dunyoda shakar narxi eng yuqori darajaga chiqdi

Bugun, 12 aprel kuni savdolar chog‘ida shakar narxi bir tonna uchun 705 AQSh dollariga yetdi.

London fond birjasida shakar bir tonna uchun 701,7 AQSh dollaridan sotilmoqda va birjada shakar narxi 2011 yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, narxlarning misli ko‘rilmagan o‘sishiga Hindistondan shakar eksporti qisqarishi, shuningdek, boshqa mamlakatlar — Pokiston va Tailanddan yetkazib berishning kamayishi kutilayotgani sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, Braziliyaning jahon bozorlariga shakar yetkazib berish hajmi mamlakatda benzin narxining oshishi tufayli pasaymoqda. Bu esa iste’molchilarni bioyoqilg‘i va etanolga o‘tishga ham majbur qilgan.

Kiritildi: 23:39 12.04.2023. O'qildi: 4271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!