Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Dunyoda mpox virusini yuqtirganlar soni oshmoqda

Dunyoda mpox virusini yuqtirganlar soni oshmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yil 1 yanvardan shu kungacha dunyo bo‘yicha 84,7 mingdan ortiq kishi mpox (maymun chechagi) virusini yuqtirgan.

Jumladan, birgina o‘tgan haftaning o‘zida bemorlar soni 302 nafarga ko‘paygan. Shunga qaramay, bu — joriy yil yanvar oyining ilk haftasiga nisbatan 44 ta kam ko‘rsatkich.

Xastalik o‘tgan bir yildan ziyod davrda Yer yuzining 110 ta davlatida tarqalib ulgurdi. Eng achinarlisi, infeksiyaga chalingan bemorlardan 80 nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Eng ko‘p bemorlar ro‘yxatga olingan mamlakatlar:

AQSh — 29,8 ming,
Braziliya — 10,6 ming,
Ispaniya — 7,5 ming,
Fransiya — 4,1 ming,
Kolumbiya — 4 ming nafar.

‼️ Tahlillarga ko‘ra, mpox bilan kasallanganlarning 96,6 foizini 29 yoshdan 41 yoshgacha bo‘lgan bemorlar tashkil etadi.

Kiritildi: 16:51 21.01.2023. O'qildi: 2425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!