Tramp va Putin suhbatiga munosabat:
- Rossiya va AQSh o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuvlaridan so‘ng Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron butun Yevropani qurollanishga chaqirdi;
- Germaniya kansleri Shols Rossiya va Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujumlarini to‘xtatish chaqirig‘ini “yaxshi boshlanish” deb atadi. U Ukrainasiz o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishib bo‘lmasligini ta’kidladi;
- Vengriya Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning bugungi telefon suhbatidan keyin dunyo xavfsizroq joyga aylandi, deb hisoblaydi;
- Buyuk Britaniya Ukraina bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha “Putin muzokaralarida Tramp erishgan yutuqlarni olqishlaydi”.