2023 yil aprelda dunyo bo‘ylab yo‘lovchi tashish hajmi 2022 yilning mos oyiga nisbatan 45,8 foizga oshdi.
Xalqaro havo transporti assosiasiyasi (IATA) ma’lumotlariga ko‘ra, bu pandemiyadan oldingi darajaning 90,5 foizini tashkil etdi.
Aprel oyida xalqaro reyslarda yo‘lovchi tashish hajmi 48 foizga, ichki reyslarda esa 42,6 foizga o‘sgan.
Shu bilan birga, havo harakatini tiklash reytingida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yetakchilik qildi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi havo qatnovi hajmi aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 192,7 foizga oshgan bo‘lsa, Yevropa va Yaqin Sharqda mos ravishda 22,6 va 38 foizga oshgan. Shimoliy Amerikada havo harakatining o‘sishi 34,8 foizni, Lotin Amerikasida 25,8 foizni, Afrikada esa 53,5 foizni tashkil etdi.