Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Dunyo bo‘ylab parranda grippi tarqalmoqda

Dunyo bo‘ylab parranda grippi tarqalmoqda

AQShning Kaliforniya shtatida birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqda parranda grippi aniqlandi. Hozirgacha virusning tarqalishi faqat kattalardagina topilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari ushbu kasallikka befarq bo‘lmaslik, chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda. Bu haqda 24.kz sayti yozgan.

Virusning boshqa mamlakatlarga tarqalishining umumiy xavfi qanday?

AQShning Kaliforniya shtatida birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqda H5N1 parranda grippi aniqlandi. Infeksiyani Federal kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tasdiqladi. Mutaxassislar bolaning infeksiyani qanday yuqtirganini aniqlash uchun oila a’zolaridan test o‘tkazishdi. Natija manfiy bo‘ldi. Biroq, boshqa respirator viruslar ham bo‘lishi mumkin, deydi shifokorlar.

Yil boshidan buyon jami 55 kishi parranda grippi bilan kasallangan. Ulardan 29 nafari Kaliforniya shtatidan ekanligi aniqlangan. Shunga qaramay, aholiga yuqtirish xavfi pastligicha qolmoqda, deydi davlat rasmiylari.

Virus, ayniqsa, parrandalar va chorva mollarini boqadigan fermerlar uchun xavflidir. Bir necha hafta oldin kanadalik o‘smir parranda grippiga chalingan edi. U Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida istiqomat qiladi. H5N1 virusi manbasi hali aniqlanmagan, biroq bola virusni yuqtirishdan oldin mushuk va it bilan o‘ynagan. Shundan so‘ng u darhol isitmasi ko‘tarilib, o‘zini yomon his qildi. Ko‘zlari qichishib, yo‘tali kuchaygani uchun kasalxonaga yotqizilgan. Hozircha uning ahvoli normal, shifokorlar nazoratida.

Bu hududda yovvoyi qushlar orasida jami 26 ta parranda grippi qayd etilgan. 1960-yillarda aniqlangan parranda grippi virusi uzoq vaqt davomida odamlar uchun xavf tug‘dirmagan. Biroq, XX asrning oxirida vaziyat tubdan o‘zgardi. 1997 yilda Xitoyning Gonkong shahrida olti kishi virusdan vafot etgan. O‘shandan beri parranda grippi go‘sht va sut mahsulotlarini sotish orqali Osiyodan Yevropa, AQSh va Afrikaga tarqaldi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi 2 o‘n yillikda 23 mamlakatda 800 dan ortiq odam parranda grippi bilan kasallangan va 463 kishi vafot etgan.

Kiritildi: Bugun 19:32. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!