AQSh sanksiyalarining so‘nggi bosqichidan so‘ng kamida 65 ta neft tankeri butun dunyo bo‘ylab, jumladan, Xitoy va Rossiya qirg‘oqlari yaqinida langar qo‘ygan.
Ushbu tankerlardan beshtasi Xitoy portlarida, yana yettitasi Singapurda, qolganlari Boltiq dengizi va Uzoq Sharqdagi Rossiya qirg‘oqlarida, Eron portlari, Suvaysh kanali yaqinida va hokazolarda to‘xtagan.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyodagi neft tankerlari parkining taxminan 10 foizi AQSh sanssiyalariga duchor bo‘ladi.
Supertankerlarning o‘rtacha kunlik foydasi dushanba kuni oldingi kunga nisbatan 10 foizdan oshib, taxminan 26 000 dollarni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning neft qazib oluvchi "Gazpromneft" va "Surgutneftegaz" kompaniyalariga, shuningdek, Rossiya neftini tashuvchi 183 ta kemaga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.