Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Duduqlanadigan bolalarni qo‘rqitish usuli bilan davolashga uringan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Duduqlanadigan bolalarni qo‘rqitish usuli bilan davolashga uringan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, o‘zini go‘yoki defektolog-psixolog deb atagan D.J duduqlangan bolalarni so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan videoxabar bo‘yicha Bolalar ombudsmani 2024 yilning yakuni va 2025 yil yanvar oyida o‘rganish olib borgan va bu haqda jamoatchilikka ma’lumot bergan.

Xususan, Bolalar ombudsmanining D.J ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijasida, pedagog D.J ning ish uslubi mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekanligi, D.J ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan. Shu asosda Bolalar ombudsmani tomonidan prokuratura organlariga holatga huquqiy baho berish to‘g‘risida so‘rov kiritilgan va D.J ga nisbatan jinoyat ishi yurituvi olib borilgan.

Ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng D.J avvalgidek duduqlanishi bo‘lgan bolalar bilan o‘zining ilmiy asoslanmagan, defektologiyaga daxli yo‘q amaliyotini davom ettirgani kuzatildi.

D.J ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan 2025 yilning 2 iyun kuni Bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga tegishli so‘rov yubordi. Natijada 25.06.2025 yilda Toshkent shahar, Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror (17.04.2025 yilda chiqarilgan) bekor qilinib, ish hujjatlari tergov harakatlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

04.07.2025 yilda tergov bo‘limi tomonidan D.J ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ish bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 17:11 15.07.2025. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!