Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Dubaydagi janjal: 6 nafar o‘zbekistonlik o‘lim jazosiga hukm qilindi

Dubaydagi janjal: 6 nafar o‘zbekistonlik o‘lim jazosiga hukm qilindi

Dubaydagi ommaviy mushtlashuvda qatnashgan O‘zbekistonning 6 nafar fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilindi.

"Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 2025 yil aprelida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ro‘y bergan ommaviy janjal yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida sudlanuvchilardan olti nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, yana bir nafariga umrbod qamoq jazosi tayinlangan", deya xabar bermoqda nashr mahalliy ommaviy axborot vositalari.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu ma’lumotni tasdiqlab, hukm yuzasidan apellyasiya berilishi va bu jarayon ko‘p yillarga cho‘zilishi mumkinligini ma’lum qildi.

2025 yil aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda Dubay shahrida o‘zbekistonliklardan iborat ikki jinoiy guruh o‘rtasidagi to‘qnashuv kelib chiqib, bir kishi pichoq zarbasi oqibatida vafot etgani, yana bir kishi komaga tushib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mazkur janjalda ishtirok etishda gumonlanib, 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi.

Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirgan, O‘zbekiston TIV esa fuqarolarni xorijda mamlakat sha’niga dog‘ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqirgandi.

Kiritildi: Bugun 18:20. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!