Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dubayda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi

Dubayda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi

U muolaja davomida u 17 ming 835 AQSh dollari va BAA hududida noqonuniy qolgani uchun 4 ming 550 AQSh dollari miqdorida qarz bo‘lgan edi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Dubaydagi "Al Rashid" shifoxonasida qiyin ahvolga tushib qolgan va konsullik-huquqiy yordamga muhtoj bo‘lgan yurtdoshimiz O.K. Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Bosh konsulxonasi ma’lumotga ko‘ra, vatandoshimiz sog‘ligida kuzatilgan muammolardan shikoyat qilib, "Al Rashid" shifoxonasiga yotqizilgan. Muolaja davomida u 17 ming 835 AQSh dollari va BAA hududida uzrli sabab bilan bo‘lsa-da noqonuniy qolgani uchun 4 ming 550 AQSh dollari miqdorida qarz bo‘lgan. Shu sababli O.K.ga mazkur shifoxona va BAAni tark etish uchun taqiq qo‘yilgan.

Vujudga kelgan muammoni yaqindan o‘rganish va bartaraf etish maqsadida diplomatlar "Al Rashid" shifoxonasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan muzokara olib bordi.

Muzokaralar natijasida BAA tomoni hamyurtimizning barcha qarzlaridan voz kechdi va O‘zbekistonga qaytishiga izn berdi.

Bosh konsulxona va Amirliklardagi "Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi" xayriya tashkiloti tomonidan O.K.ga "Dubay - Toshkent" aviaqatnoviga chipta sotib olindi va u 15 noyabr kuni sog‘-salomat O‘zbekistonga qaytdi.

Kiritildi: Bugun 11:57. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!