Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Storm Shadow" yuzlab Shimoliy Koreya askarlari, zobitlar va bir generalni o‘ldirdi

"Storm Shadow" yuzlab Shimoliy Koreya askarlari, zobitlar va bir generalni o‘ldirdi

Ukraina mudofaa kuchlari yaqinda Rossiyaning Kursk viloyati, Marino qishlog‘idagi yerosti qo‘mondonlik punktiga «Storm Shadow» raketa hujumi chog‘ida yirik rus qo‘shinini mag‘lub etdi, U yerda yuqori martabali qo‘mondonlar ham bo‘lgan.

Ushbu hujum natijasida rossiyalik general-leytenant Valeriy Solodchuk, Rossiya armiyasining 18 nafar zobiti, shuningdek, Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga kelgan 500 nafar Shimoliy Koreya askari yo‘q qilindi. Bu haqda Global Defense Corp portali manbaga tayanib xabar bermoqda.

Bundan tashqari, 33 nafar rus askari yaralangan. Shimoliy Koreyaning ikki zobiti va tarjimon ekanligi taxmin qilinayotgan bir ayol ham yaralangan. Halok bo‘lgan rus zobitlarining aksariyati Janubiy va Sharqiy harbiy okruglar vakillari edi.

Kiritildi: 22:13 23.11.2024. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!