Rossiya yaqin orada yana Oreshnik raketasini qo‘llashi mumkin, deb tahmin qilmoqda Amerika urushni o‘rganish instituti.
«Rossiya yaqin kunlarda bir xil ritorik effektga erishish uchun bir xil yoki o‘xshash ballistik raketalarni qo‘shimcha ravishda sinovdan o‘tkazishi mumkin. Rossiya manbalari Rossiya 23-24 noyabr kunlari raketani sinovdan o‘tkazish uchun havo hududining bir qismini yopishini ma’lum qildi, biroq Rossiya kuchlari qaysi turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazayotganiga aniqlik kiritmadi», — deyiladi ISW hisobotida.
Britaniyaning Daily Mail gazetasining yozishicha, Oreshnik Londonga 16-17 daqiqada, Berlinga 11-12 daqiqada, Parijga 15-16 daqiqada yetib boradi.