Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi va mamlakat Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni bunday fikrni Ukraina matbuotiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning eslatishicha, oktyabr oyida Ukraina ikki mingga yaqin havo nishonlari tomonidan hujumga uchragan va bu raqam ortib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
"Havo nishonlari soni ortib bormoqda, jangovar vositalar soni esa cheklangan va juda qimmat. Menimcha, bunday choralar bilan na Buyuk Britaniya, na Yevropa davlatlari urushga tayyor bo‘ladi. Havo hujumidan mudofaa qobiliyatiga ega yetarlicha F-16 samolyotlari mavjudligiga qaramay, havo hujumidan mudofaa tizimini 2-3 oy ichida to‘liq ishdan chiqarish mumkin", — dedi Zalujniy.
Uning aytishicha, G‘arb davlatlarida minglab aviabombalarini urib tushirish uchun yetarli vositalar yo‘q.
"Bugungi kunda biror YEI davlatida yoki Buyuk Britaniyada boshqariladigan aviabombalarni urib tushirish uchun kamida 5000 ta Patriot raketalari bormi? Men bunga shubha qilaman. Bunday raketalar sonining ko‘p bo‘lishi ilojsiz, chunki ularni ishlab chiqarish muammoli va narxi judayam qimmat", — deya qo‘shimcha qildi sobiq bosh qo‘mondon.