Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Medvedev G‘arbning Rossiyaga qarshi "to‘liq urushini" e’lon qildi

Medvedev G‘arbning Rossiyaga qarshi "to‘liq urushini" e’lon qildi

AQSh va NATOning boshqa a’zolari Kursk va Bryansk viloyatlariga zarba berish uchun o‘z raketalaridan foydalanganidan so‘ng Rossiyaga qarshi "to‘liq urushga kirishdi", deb ta’kidladi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida.

"Bu, shubhasiz, jang harakatlarining borishini va yuz berayotgan voqealarni o‘zgartiradi, chunki NATO bloki, Vashington va ushbu ittifoqning boshqa ishtirokchilari amalda bizning mamlakatimizga qarshi gibrid urush emas, balki to‘laqonli urushga kirishganidan dalolat beradi," - dedi Medvedev.

"Bu oqibatsiz qolmaydi," - deya qo‘shimcha qildi u, "berilgan zarbalar allaqachon o‘z ta’sirini ko‘rsatganini" ta’kidlab.

Kiritildi: 23:59 23.11.2024. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!