Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Dubayda ishlayotgan o‘zbekistonlik: "Boshida «qum yeb, dengiz suvini ichish»ga to‘g‘ri keldi"

Dubayda ishlayotgan o‘zbekistonlik: "Boshida «qum yeb, dengiz suvini ichish»ga to‘g‘ri keldi"

Bundan 5 yil muqaddam Tarlan Musayev BAAda hammasini boshidan boshlash uchun Toshkentdagi yaxshigina lavozimini tashladi. Bugungi kunda bankda faoliyat yuritayotgan va xususiy biznesini yo‘lga qo‘ygan Musayev Dubayda boshqa mamlakatdan kelganlar hayoti to‘g‘risida hikoya qildi. Bu haqda "Daryo" nashri yozmoqda.

«Dubayda agar puling bo‘lsa, sen ko‘nglingda nima bo‘lsa qila olasan. U erda Uber’da vertolyot chaqirish ham mumkin.

Bankda mening maoshim Dubay o‘lchamida hisoblaganda uncha katta emas — 3000 dollar. Bankda ishlab topiladigan pulning asosiy qismi — foizlar, oylik bonus. 2018 yili bonuslarim salmoqli bo‘lgani uchun yilning eng yaxshi xodimi unvonini berishdi. Yaqinda juda yaxshi bonuslar oldim va sport mashinasi sotib olishga qaror qildim.

Maoshimning bir qismini investisiyaga, biznesga ajrataman, yana bir qismiga o‘zim uchun qimmatli buyumlar sotib olaman. Axir yoshlik qisqa, agar butun umr tejab-tergayversang, keksalikda eslaydigan hech bir xotirang bo‘lmaydi. Shuning uchun Dubayda men faol turmush tarzining barcha tomonlarini, jumladan, yangiliklarni sinab ko‘raman: ya’ni parashyutdan sakrash, snoubording, quvurda uchish, tunda krab ovlash va hokazo. Hayotim yorqin bo‘lishi uchun nima lozim bo‘lsa qilaman.

Albatta, bu erda hamma narsa qimmat. Ikki xonali uy uchun yiliga 20 ming dollar to‘layman. Biroq bu erda barcha turar joy binolarida o‘z yer osti parkinglari, basseyni, trenajyor zal, sauna, sekyuriti bor, podyezd har kuni tozalanadi.

Internetga oyiga 500 dirham (150 dollar) to‘layman, mobil aloqa oyiga 100 dollarga tushadi — 750 daqiqa xalqaro qo‘ng‘iroqlar va 20 GB internet.

Yaxshi restorandagi o‘rtamiyona steyk 150−200 dirham (50 dollar) turadi. Taksi kamida 3 dollar.

O‘tgan oy 5000 dollar sarfladim. 300 dollarga ham yashash mumkin, biroq o‘zingni kamsitilgandek his qilasan. ‘Algoritm’dan chiqqan, jinsini ‘Ippodrom’ bozoridan sotib olib yurgan oddiy yigitman, hech qachon olifta bo‘lmaganman, ammo yaxshi narsalarni yaxshi ko‘raman. Dubayga endi kelgan paytlarimda, hatto Louis Vuitton yoki Gucci savdo do‘konlariga kirishga ham tortinardim.

Iqtisod qilish emas, balki ko‘proq pul topish lozim, deb hisoblayman. Jonimni berib ishlayman va shunga yarasha dam ham olaman. Tabiiy, boshida juda qiynaldim, ta’bir joiz bo‘lsa, ‘qum yeb, dengiz suvini ichishga’ to‘g‘ri keldi. Instagram’dagi har bir surat ortida og‘ir mehnat soatlari bor».

Kiritildi: 13:56 07.09.2019. O'qildi: 4427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!