Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Dubay xalqaro aeroporti yaqinida dron hujumidan keyin yong‘in kelib chiqdi

Dubay xalqaro aeroporti yaqinida dron hujumidan keyin yong‘in kelib chiqdi

Shu sabab havo qatnovi vaqtincha to‘xtatildi.

BAA Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi 16 mart, dushanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan. Ularni qachon qayta tiklash rejalashtirilayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, bu “barcha yo‘lovchilar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘rilgan ehtiyot choralari” bilan bog‘liq bo‘lgan.

Polisiyaning aniqlik kiritishicha, aeroportga olib boruvchi yo‘llar va tunnellardagi harakat vaqtincha to‘sib qo‘yilgan, Emirates aviakompaniyasi esa Dubayga parvozlarni to‘xtatgan. Qator reyslar Al-Maktum xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.

BAA rasmiyslarining ma’lum qilishicha, urush boshlanganidan beri mamlakat havo mudofaasi tizimi 1500 dan ortiq Eron droni va qariyb 300 ta raketani to‘sib qolgan. BAA mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroning keskin bosqichi boshlanganidan beri olti kishi halok bo‘lgan, ulardan to‘rt nafari tinch aholi vakillaridir.

Kiritildi: Bugun 13:05. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!