Dubay valiahd shahzodasi Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum 2023 yilning fevral oyida uchinchi marta ota bo‘ldi. Bo‘lajak amir shu vaqtga qadar egizak farzandlari — o‘g‘li Rashid va qizi Shayxni tarbiyalayotgan edi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Muhammad bin Hamdan bin Muhammad Al Maktum deb ism qo‘yilgan. U Instagram’dagi sahifasiga otasi va o‘g‘li bilan tushgan suratlarini joyladi.
Bundan tashqari, Hamdan o‘g‘lini quchoqlab, unga xushmuomalalik bilan qarab turgani aks etgan suratni ham taqdim etgan.
“Alloh ularni o‘z panohida asrasin”, — deb izoh qoldirgan Dubay shahzodasi suratlar ostiga.
Ma’lumot uchun, 2019 yilning 15 may sanasida Dubay valiahd shahzodasi Shayx bin Said bin Sani al-Maktumga uylangan edi. Hamdan 2021 yilning may oyida ilk marta ota bo‘lgan.