Dubay xalqaro aeroporti bugun ertalab o‘zining birinchi yo‘lovchi reysini jo‘natdi.
Bu haqda dispetcherlik xizmati ma’lum qildi.
Reys yo‘nalishi Samarqand deb belgilangan.
Amirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi shu oy boshida Dubay xalqaro aeroporti va Al-Maktum xalqaro aeroportlarida cheklangan operasiyalar qayta tiklanganini e’lon qildi. Biroq, departament matbuot xizmati yo‘lovchilarni tashuvchilar aniq jo‘nash vaqtini tasdiqlamaguncha aeroport terminallariga kelmaslikka chaqirdi.