Germaniyaning Bremen shahrida uchuvchisiz samolyot aeroport ishini to‘xtatdi.
Bu haqda DPA axborot agentligi polisiya vakiliga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dron kecha mahalliy vaqt bilan 19:30 atrofida kuzatilgan. Uning paydo bo‘lishi aeroportdagi barcha samolyotlar harakatining to‘xtatilishiga olib keldi va dron operatorini aniqlashning iloji bo‘lmadi.
Hodisa tufayli Londondan Bremenga uchayotgan samolyot Gamburgga yo‘naltirildi, qaytish reysi esa kechiktirildi.
Taxminan bir soatdan keyin transport harakati tiklandi.