Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

DPA; Arab davlatlari HAMASni G‘azoda hokimiyatdan ketishga chaqirdi

DPA; Arab davlatlari HAMASni G‘azoda hokimiyatdan ketishga chaqirdi

Agentlikning xabar berishicha Misr, Qatar, Saudiya Arabistoni va Iordaniya HAMAS guruhini G‘azo sektoridagi boshqaruvdan voz kechishga va xalqaro qo‘llov ostida qurollarni Falastin ma’muriyatiga topshirishga chaqiruvchi hujjatni imzoladi.

Etti betdan iborat hujjatda, boshqa jihatlar bilan bir qatorda, HAMASning 2023 yil 7 okytabrda Isroilga qilgan hujumi qoralangan. Uni Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Braziliya, Italiya, Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya ham imzolagan.

Hujjatda Isroil tomoniga ham chaqiriqlar mavjud, deb yozadi DPA agentligi. Xususan, Isroildan G‘azoda jangovar harakatlarni darhol to‘xtatishni va Iordan daryosining G‘arbiy Sohilida yahudiy ko‘chmanchilarining faoliyatini to‘xtatish talab qilinmoqda. Hujjatga imzo chekkan davlatlarning fikricha, Falastin davlatini tan olish ham “ikki xalq - ikki davlat” yechimining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi.

Nyu-Yorkda ikki davlat yechimi bo‘yicha konferensiya davomida imzolangan hujjat sentyabrda BMT tomonidan rasmiravishday qabul qilinishi kutilmoqda, deya tushuntirdi DPA.

Kiritildi: 13:01 30.07.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!