Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Donald Trampning o‘g‘illari Oq uyga qaytgan birinchi yilda katta boylikqa ega bo‘ldi

Donald Trampning o‘g‘illari Oq uyga qaytgan birinchi yilda katta boylikqa ega bo‘ldi

Donald Trampning o‘g‘illari kriptovalyuta loyihalari, ko‘chmas mulk bitimlari va moliya hamda mudofaa sohasiga oid kompaniyalar aksiyalari orqali moliyaviy holatini ancha oshirdi.

Donald Tramp-mladshiyning boyligi bir yil ichida 50 milliondan taxminan 300 million dollarga o‘sdi. Kuzda esa uning American Bitcoin mayning kompaniyasi aksiyalari tushishi bilan boyligi taxminan 500 millionga yetib, keyin kamaydi. Shu bilan birga, u ko‘chmas mulk va davlat kontraktlariga aloqador kompaniyalar aksiyalaridan ham daromad olgan.

Erik Tramp eng boy merosxo‘r bo‘lib, uning boyligi taxminan 400 million dollar.

Berron Tramp, Forbes ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 150 million dollar to‘plagan. U birinchi bo‘lib kriptovalyutalarga qiziqish bildirgan va otasini ularni ishga tushirishga undagan. Berronning milliardlab tokenlari hozircha bloklangan bo‘lib, ularni ochish unga 500 million dollardan ortiq daromad keltirishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 15:23. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!