“Yle” nashrining xabar berishicha, Finlyandiyada bir erkak ko‘rinishidan AQSh prezidenti Donald Trampni eslatadigan va unga juda o‘xshash ko‘lni topib oldi. Antti Kallio, aslida, xarita dasturidan foydalangan holda o‘zi uchun kechasi tunab qolishga joy qidirgandi. Dastlab amerikalik hech qanday g‘ayrioddiy narsani payqamagan, biroq Sputnik rejimini faollashtirar ekan, u Vimpelinlampi suv omborini darhol ko‘rgan.
Fursatdan foydalangan Kallio ushbu suratni darhol o‘z telefoniga saqlab oldi va keyinchalik buni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatdi. Ushbu rasm internet olamidagi ko‘pchilikni o‘ziga jalb qila oldi, ular orasida esa psixologlar ham bor edi. Masalan, psixologlardan biri Tapani Riyekkining ta’kidlashicha, ba’zi bir kishilarning muayyan mavzularda ko‘p bora gaplashishi uni ayni shu mavzuga bog‘lab qo‘yadi. Shundan so‘ng inson atrofdagi barcha narsalarni o‘zi istamagan holda o‘sha bilan bog‘laydi va bu holat turli taxminlar bilan izohlanadi. Tramp nafaqat Amerikada, balki butun dunyoda tanilganligi sababli ko‘lning aynan unga o‘xshatilishi ajablanarli emas.
Tarmoq foydalanuvchilari esa suratdagi ko‘lning haqiqatda Trampga o‘xshashini ta’kidlashmoqda.
Manba: planetanovosti.com