"AQSh prezidenti Donald Tramp asosiy e’tiborini Erondagi urushga qaratganidan keyin Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar jarayoni cho‘zildi. O‘z navbatida, tinchlikka majburlash uchun Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga o‘tkazayotgan bosimi tobora kamayib bormoqda", deya yozmoqda nashr.
AQSH, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi so‘nggi uch tomonlama muzokaralar fevral oyi o‘rtalarida Jenevada bo‘lib o‘tgan, lekin uning tafsilotlari oshkor etilmagandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar sulh bilan bog‘liq texnik tafsilotlarni, jumladan janglar to‘xtatilgandan so‘ng nima bo‘lishini muhokama qilishda oldinga siljishgan, ammo siyosiy masalalarni, ya’ni urushni to‘xtatish shartlarini muhokama qilishda katta yutuqlarga erishmagan.
"Uch tomonlama muzokaralarning yangi bosqichi Yaqin Sharqdagi yangi urush tufayli kechiktirildi. Prezident Tramp esa Ukrainadan chalg‘ib, bor e’tiborini Eronga qaratdi. Bu Yevropa uchun ham, Ukraina uchun ham falokat", — dedi Financial Times nashriga yevropalik diplomat.
AQShdan Ukrainaga qurol-yarog‘, xususan, havo hujumidan mudofaa vositalari yetkazib berish ham kechikmoqda, chunki Vashingtonning hozir boshqa ustuvor vazifalari bor.