"Donald Tramp 312 ovozga ega bo‘ldi, uning raqibi, amaldagi vise-prezident Kamala Harris esa 226 ovoz oldi", deb xabar bermoqda CNN.
Prezidentlik saylovida g‘alaba qozonish uchun nomzod 538 saylovchidan kamida 270 nafarining ovozini olishi kerak edi.
Ovoz berish natijalari 2025 yil 6 yanvarda AQSh Kongressi tomonidan rasman tasdiqlanadi. Inaugurasiya marosimi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.