Brifingda AQSh prezidenti tomonidan berilgan asosiy bayonotlar:
◾️ Qo‘shma Shtatlarning Eronga bergan zarbalari urushni yakunladi, menimcha Isroil bilan o‘zaro otishmalar qayta boshlanmaydi;
◾️ AQSh zarbalari Eronning yadro inshootlarini to‘liq yo‘q qildi va Tehronning yadroviy imkoniyatlari “juda uzoq yillarga” orqaga surildi;
◾️ Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi harbiy bazasiga hujum qilishidan oldin bu haqda Vashingtonni ogohlantirdi, shuning uchun bu hujum natijasida birorta ham amerikalik jabrlanmadi;
◾️ Eron va Isroil harbiy harakatlarni qayta boshlashining ehtimoli yo‘q emas. Bu yaqin orada sodir bo‘lishi mumkin. Agar Tehron bizga yadroviy materiallariga kirish imkonini bermasa, bu ehtimol kuchayadi;
◾️ NATO a’zolari Ukraina va Rossiya o‘rtasida yuzaga kelgan dahshatli vaziyatdan o‘zlarini himoya qilish uchun mudofaa xarajatlarini oshirishga kelishib olishdi;
◾️ Putin Ukrainadan boshqa davlatlarga ham hududiy da’volarga ega bo‘lishi mumkin;
◾️ Putin Ukrainadagi urushdan chiqishni xohlamoqda, chunki bu "uning uchun katta muammo";
◾️ Men Zelenskiy bilan uchrashuvda o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilmadim. Men shunchaki uning ahvolini bilmoqchi edim;
◾️ Biz og‘ir davrlarni boshdan kechirdik, lekin Zelenskiy uchrashuvda judayam muloyim bo‘ldi. Men uni ko‘rganimdan xursand bo‘ldim, bu ajoyib uchrashuv bo‘ldi;
◾️ Putin bilan yana bir bor muloqot qilishni rejalashtiryapman. Agar imkonim bo‘lsa, men prezident Putin bilan gaplashaman, bu suhbat urushni to‘xtatishimiz mumkin yoki yo‘qligini bilish uchun amalga oshiriladi;
◾️ Ukrainadagi urushni 24 soat ichida tugatish bo‘yicha bergan va’dalarim "kinoya" edi. Chunki bu odamlar o‘ylaganidan ham qiyin ish;
◾️ Putin — siz tasavvur qilganingizdan ham murakkabroq inson. Afsuski, menda prezident Zelenskiy bilan muammolar bo‘ldi. Bu har qanday urushdan ham yomon jarayon;
◾️ Ukrainaga yordam ajratish masalasi haqida hozir aniq hech nima deya olmayman. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Vladimir Putin bu urushni tugatishi kerak, chunki odamlar o‘lyapti;
◾️ Ukraina sotib olishga tayyor bo‘lgan Patriot havo mudofaasi tizimlari uchun raketalar Qo‘shma Shtatlarga ham kerak, hozir ularni Isroilga berayapmiz. Men Ukrainaga ham bunday raketalarni berishni istayman;
◾️ NATO sammitini “boshqa shaxs” sifatida tark etmoqdaman, chunki alyansga a’zo davlatlar yetakchilari o‘z mamlakatlarini chinakamiga sevishlarini va vatanini himoya qilishni xohlashlarini guvohi bo‘ldim.