“Fox News” telekanalining xabar berishicha, o‘tgan hafta AQSh saylangan prezidenti Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga agar Ottava AQShga Kanada chegarasi orqali noqonuniy muhojirlar oqimi bilan bog‘liq vaziyatni tubdan o‘zgartira olmasa, shuningdek, hozirda 100 milliard dollarga yaqin bo‘lgan savdo kamomadini kamaytira olmasa, o‘zining inaugurasiyasi kuni, 2025 yil 20 yanvarda barcha Kanada tovarlariga 25% import bojlarini joriy etishini aytgan.
Bunga javoban Tryudo bunday choralar Kanada iqtisodini o‘ldirishini ta’kidlagan. Bunga Tramp Kanada, ehtimol, AQShning 51-shtatiga aylanishi mumkin, deb javob bergan. Telekanalning ta’kidlashicha, bu ibora Kanada Bosh vazirining asabiy kulgisiga sabab bo‘lgan.