Domodedovo aeroportidagi bojxona xodimlari Isroildan kelgan posilkada yuqori radiasiya darajasiga ega aviasiya soatini topdilar. Qurilmaning fon radiasiya darajasi tabiiy darajadan 20 baravar yuqori edi.
Bu haqda "Kommersant" Federal bojxona xizmati matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
"Mahsulot maishiy foydalanish uchun xavfli deb topildi", deb ma’lum qildi Federal bojxona xizmati.
Posilka ichidagi ryukzakda bo‘lgan soatdagi radiasiya monitoringi tizimi faollashtirilgani aytilmoqda. Sinov natijasida soat yuzasidagi ionlashtiruvchi nurlanish darajasi 2,75 mkZv/soatni tashkil etgani aniqlandi. Posilka Udmurtiya fuqarosiga yuborilgan edi.
Sanitariya va karantin tekshiruvidan so‘ng, Rospotrebnadzor (Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati) mahsulot yagona sanitariya talablariga javob bermasligini aniqladi. Soat Rossiyaga olib kirish taqiqlangan va posilka Isroilga qaytarib yuboriladi.