Bu haqda Dominikan Respublikasi ichki ishlar vaziri Faride Raful matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, uning yozuvi Diario Libre nashri blogida X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.
“Hozircha halokat qurbonlari soni 231 nafarga yetganligi tasdiqlandi; 221 nafari voqea joyidan topildi, yana 10 nafar halok bo‘lganlar shifoxonalarda qayd etildi”, — dedi Raful.
Avvalroq 218 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi .
Dominikan Respublikasining Favqulodda vaziyatlarni boshqarish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bino vayronalari ostidan 189 kishi tiriklayin olib chiqilgan, ulardan kamida 155 nafari kasalxonaga yotqizilgan.