Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Dominikan Respublikasida biznes-jet halokatga uchrab, portlab ketdi

Dominikan Respublikasida biznes-jet halokatga uchrab, portlab ketdi

Dominikan Respublikasida samolyot qulaganidan keyin portlab ketdi va butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida bortda bo‘lgan ikki nafar uchuvchi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Ma’lumotga ko‘ra, Gulfstream G200 biznes-jeti Texasga charter reysini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Parvoz vaqtida dvigatelda muammo yuzaga kelgach, ekipaj favqulodda qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan.

Ayni paytda halokat sabablari aviasiya komissiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda uchish-qo‘nish yo‘lagiga yaqinlashishga urinayotgan samolyot dvigatelidan quyuq tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. Ko‘p o‘tmay boshqaruvni yo‘qotgan samolyot qulab, katta portlash bilan olovli sharga aylangan lahzalar kameralarga tushdi.

Kiritildi: Bugun 14:11. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!