Natijada bu bir milliondan ortiq kishining evakuasiya qilinishiga olib keldi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Shanxayda bir kecha-kunduzda 400 mm gacha yog‘ingarchilik yog‘di va bu oxirgi 150 yildan ortiq vaqt ichidagi rekord ko‘rsatkichdir. Shahardan 200 mingdan ortiq kishi, Venchjouda esa 900 mingga yaqin aholi evakuasiya qilindi.
Noqulay ob-havo sababli 1,3 mingdan ortiq aviareys bekor qilindi va jamoat transportining bir qismi to‘xtatildi. Tayfun kuchi kamaydi, ammo yangi suv toshqinlari xavfi saqlanib qolmoqda.