Qatar Milliy anjumanlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sammitda dunyo mamlakatlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Tadbirda ijtimoiy barqarorlik, bandlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi turmush darajasini oshirish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslarini ta’kidladi.