Doha deklarasiyasi Isroilning mintaqadagi hujumlarini to‘xtatish uchun xalqaro hamjamiyatdan shoshilinch choralar ko‘rishni talab qiladi.
Bu haqda RIA Novosti tanishishga muvaffaq bo‘lgan hujjat loyihasida aytilgan.
Deklarasiyada quyidagilar ham ko‘zda tutiladi:
🔸Isroilning Qatarga zarbalari G‘azo bo‘yicha vositachilik sa’y-harakatlari va munosabatlarni normallashtirishda erishilgan barcha yutuqlarga putur yetkazadi;
🔸Isroilning Qatar va mintaqadagi boshqa mamlakatlarga yangi zarbalar berish bilan tahdid qilishlari qabul qilinishi mumkin emas;
🔸Isroilning Qatar va Falastinga qarshi harakatlari mintaqada tinch-totuv yashash imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi.
Deklarasiya Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasining navbatdan tashqari sammitida qabul qilinishi rejalashtirilgan.