Dog‘istonda yuz bergan kuchli toshqin oqibatida 320 mingdan ortiq kishi elektr ta’minotisiz qoldi. Bu so‘nggi 100 yil ichidagi eng yirik tabiiy ofatlardan biri sifatida baholanmoqda.
Xususan, Maxachqala va respublika boshqa hududlarida vaziyat keskin: ko‘chalar suv ostida qolib, yo‘llar deyarli «dengiz»ga aylangan. Kuchli oqimlar avtomobillarni oqizib ketmoqda va infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazmoqda.
Hozirda favqulodda xizmatlar tomonidan qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish va zararni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.