Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Dog‘iston hukumati respublikada Telegram bloklangani haqida ma’lum qildi

Dog‘iston hukumati respublikada Telegram bloklangani haqida ma’lum qildi

Dog‘iston raqamli rivojlanish vaziri Yuriy Gamzatovning xabar berishicha, respublikada federal hukumat qaroriga muvofiq Telegram messenjeri bloklangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, messenjer Chechenistonda ham bloklanmoqda.

"Bloklash haqidagi qaror huquqni muhofaza qiluvchi organlarning taqdimnomasiga binoan federal darajada qabul qilingan. Bu platformadan ko‘pincha dushman kuchlar foydalanadi, Maxachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar bunga yaqqol misol bo‘ladi", — deya Gamzatovning so‘zlarini keltirdi “RIA Dagestan”.

2024 yil oktyabr oyidan beri Dog‘iston, Ingushetiya va Checheniston aholisi Telegram’dan kirishda muammolar borligidan shikoyat qilib keladi. Dekabr oyida esa bu respublikalarda , Telegram va WhatsApp kabi xorijiy xizmatlar va messenjerlar ishlamay qolgan.

Dog‘istondagi yirik provayderlardan biri – “Ellko” kompaniyasi ushbu uzilishlarni Roskomnadzorning xorijiy internet segmentiga kirishni bloklash bo‘yicha o‘tkazayotgan mashg‘ulotlari bilan izohlagan.

Kiritildi: 14:50 09.03.2025. O'qildi: 1484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!