Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dmitriyev Davosda AQSh prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoff va Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazdi

Dmitriyev Davosda AQSh prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoff va Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazdi

Rossiya prezidenti maxsus vakili Kirill Dmitriyev Davosda AQSh prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoff va Amerika yetakchisining kuyovi Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TASS.

Xabar berilishicha, uchrashuv Shveysariyaning Davos shahridagi AQSh uyida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar ikki soatdan ortiq davom etdi, jurnalistlar uchrashuvga taklif qilinmadi.

Uitkoff muzokaralar juda yaxshi o‘tganini aytdi. Dmitriyev esa Davosdagi uchrashuvlari "konstruktiv tarzda" kechayotganini bildirib, "Rostini aytganda, tobora ko‘proq odamlar Rossiya pozisiyasining to‘g‘riligini anglayapti", — deya ta’kidladi.

TASS'ning yozishicha, muzokaralarning mazmuni haqida ikki tomon ham rasmiy ma’lumot bermagan. Asosiy mavzu AQShning tinchlik rejasi va Rossiya-Ukraina urushini yakunlash bo‘lgan taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:17. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!