Diyorbek O‘rozboyev yoshlar terma jamoasi murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi, Jakarta-2018 Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempionati sovrindori va yana ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olib hamda sovrindori Diyorbek O‘rozboyev endilikda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida murabbiy bo‘lib faoliyat yuritadi.
Xorazmlik sportchimiz o‘z bilim va ko‘nikmalari hamda tajribasini yoshlarimiz bilan o‘rtoqlashadi. Umid qilamizki uning qo‘l ostida dzyudochilarimiz jahon arenalarida o‘tkaziladigan musobaqalarda munosib ishtirok etib, yorqin g‘alabalar qayd etishadi!
O‘zbekiston dzyudo federasiyasi Diyorbekning sharafli shu bilan birga mas’uliyatli kasbida unga muvoffaqiyat tilaydi, deyiladi federasiya matbuot xizmati xabarida.