Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Diyora Usmonova Botir Rahimovni tanlaganiga izoh berdi "Bir-birimizsiz yashashga kuch topa olmadik..."

Diyora Usmonova Botir Rahimovni tanlaganiga izoh berdi "Bir-birimizsiz yashashga kuch topa olmadik..."

O‘zbekistonlik taniqli xonim, ayni vaqtda Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilib kelayotgan Diyora Usmonova bugungi turmushi, oilasi, jumladan turmush o‘rtog‘i Botir Rahimov bilan hayoti haqida gapirdi. 

Ma’lumki, Diyora Usmonova bundan uch yil avval mamlakatdagi badavlat shaxslardan biri, MDH mamlakatlarida “Botir alyuminiy” nomi bilan tanilgan Botir Rahimov bilan turmush qurgan edi. 2017 yilning 27 iyul kuni ular o‘g‘il farzandli bo‘ldilar. Chaqaloqqa Botir Rahimovning otasining ismi – Ikromjon nomi berildi. 

Bu oila ko‘pchilikning diqqat markazida. Ayniqsa orada 24 yosh farq bilan Botir Rahimov va Diyora Usmonovaning turmush qurishi ko‘plab davralarda bahslarni keltirib chiqargan. Ammo Diyora Usmonova o‘rtadagi rishtalar bunday gap-so‘zlarni va o‘z hayotiy prinsiplarini bosib o‘tishiga sabab bo‘lganini aytadi. 

“Biz ko‘p narsani boshimizdan o‘tkazdik. Masalan, men barcha prinsiplarim, qo‘rquv, e’tiqod va qoidalarimni bosib o‘tdim. O‘zim qoralagan ko‘p ishlarni qildim, albatta, men bizni qabul qila olmayotganlarni tushunaman. Boshqachasiga mumkin bo‘lmagani uchun shunday qildim. Bir-birimizsiz yashashga kuch topa olmadik. Keyin esa bu taqdir ekanini tushundik va yurak amriga bo‘ysunib, taqdirimizni qabul qildik”, deydi Diyora Usmonova. 

Ayni vaqtda Botir Rahimov va Diyora Usmonova ikki farzandning ota-onasi. Uch yil avval Diyora to‘ng‘ich farzandi Maryamga atab “Bibiona Couture” bolalar liboslari brendiga asos solgan edi. Ayni vaqtda u moda sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Bolalar liboslarining eskizlarini o‘zi va onasi chizadi. 

Botir Rahimov esa faoliyatini ham O‘zbekiston, ham Turkiyada davom ettirmoqda. Bu orada bir vaqtlar unga tegishli bo‘lgan “O‘zbekiston” mehmonxonasi va “KapitalBank" banki sotuvga qo‘yildi. Rahimov ko‘p yillar Toshkentning “Paxtakor” futbol klubiga homiylik ham qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Diyora Usmonova – O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani.

Kiritildi: 13:59 04.11.2019. O'qildi: 13108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!