Xalqaro dzyudo federasiyasi "Judo Awards 2024" marosimida 2024 yilning eng yaxshi sportchilarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Dzyudo bo‘yicha Parij “Katta dubulg‘a” turniri doirasida o‘tgan tadbirda Olimpiya o‘yinlari chempioni Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi katta leytenant Diyora Keldiyorovaning Olimpiadada yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi “Yil voqeligi” nominasiyasida g‘olib deb topildi.
Sportchining ustozi Marko Spittka "Yilning eng yaxshi ayol murabbiysi" nominasiyasida g‘olib bo‘ldi.