Budapeshtda davom etayotgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi a’zoligi uchun saylov ham o‘tkazilmoqda.
Saylov jarayoni boshlangan bo‘lib, unda akreditasiyadan o‘tgan sportchilargina ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, nomzodlar orasida Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova ham bor. Ovoz berish jarayonida unga Darya Bilodid (Ukraina), Ryonosuke Haga (Yaponiya), Natan Kas (Avstraliya) va Keytlin Kuadros (Braziliya) raqiblik qiladi.