Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Diyora Keldiyorova katta sportga qaytmoqchi

Diyora Keldiyorova katta sportga qaytmoqchi

Dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova uzoq tanaffusdan keyin yana mashg‘ulotlarni boshladi. Hozirda sportchimiz yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

“Ha, katta sportga qaytyapman. Uzoq tanaffusdan keyin birdan terma jamoa olib borayotgan yig‘inga qo‘shilish qiyin. Shu bois hozir alohida mashg‘ulot o‘tkazyapman. Qaysi musobaqada kurashaman? Bu haqida hozir aniq ayta olmayman. Sport formamni tiklay olsam, Osiyo o‘yinlarida qatnashib ko‘rishim mumkin. Ulgura olmasam, undan keyingi biror musobaqada ishtirok etish niyatidaman”, — dedi sportchimiz.

Eslatib o‘tamiz, sportchimiz Parij-2024 Olimpiadasidan keyin farzandli bo‘ldi va deyarli 2 yillik tanaffusdan keyin musobaqalarga qaytmoqda. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Kiritildi: 09:37 05.04.2026. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!